Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 51 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 51 • Oʻzbekcha


قَالَ مَا خَطْبُكُنَّ إِذْ رَاوَدْتُنَّ يُوسُفَ عَنْ نَفْسِهِ ۚ قُلْنَ حَاشَ لِلَّهِ مَا عَلِمْنَا عَلَيْهِ مِنْ سُوءٍ ۚ قَالَتِ امْرَأَتُ الْعَزِيزِ الْآنَ حَصْحَصَ الْحَقُّ أَنَا رَاوَدْتُهُ عَنْ نَفْسِهِ وَإِنَّهُ لَمِنَ الصَّادِقِينَ 51
Tarjima:
U: «Yusufning nafsini xohlagan vaqtingizdagi ishingiz nima edi?» – dedi. Ular: «Alloh saqlasin! Biz unda biron yomonlik sezmadik», – dedilar. Azizning xotini: «Endi haqiqat zohir bo`ldi. Men uning nafsini xohladim. Albatta, u sodiqlardandir», – dedi. Yusuf 12:51
Tafsir:
Shunda podshoh oʻsha ayollarga dedi: «Yusufni yoʻldan urmoqchi boʻlgan vaqtingizda nima boʻlgan edi?» Bunga javoban ayollar: "Yusufning tuhmatchi boʻlishidan Alloh asrasin", dedilar. Shu yerda Azizning xotini aybini tan olib dedi: «Mana endi haqiqat tantana qildi. U meni emas, men uni yoʻldan urmoqchi boʻlgan edim. U begunoh. Men tuhmat qilgandim. U rostgoʻy odam».
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 50 Keyingi Yusuf • Oyat 52