Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 68 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 68 • Oʻzbekcha


وَلَمَّا دَخَلُوا مِنْ حَيْثُ أَمَرَهُمْ أَبُوهُمْ مَا كَانَ يُغْنِي عَنْهُمْ مِنَ اللَّهِ مِنْ شَيْءٍ إِلَّا حَاجَةً فِي نَفْسِ يَعْقُوبَ قَضَاهَا ۚ وَإِنَّهُ لَذُو عِلْمٍ لِمَا عَلَّمْنَاهُ وَلَٰكِنَّ أَكْثَرَ النَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ 68
Tarjima:
Otalari amr etgan tomondan kirdilar. Zotan, bu ulardan Allohning hech bir narsasini qaytara olmas edi. Magar, Ya'qubning ko`nglidagi ehtiyoj bo`lib, uni qondirdi, xolos. Albatta, u Biz ta'lim berganimiz tufayli bilim sohibi edi. Lekin ko`pchilik odamlar bilmaslar. Yusuf 12:68
Tafsir:
Ular ukalarini ham olib, yoʻlga chiqdilar. Otalari buyurganidek har xil eshiklardan kirishlari ulardan Allohning biron qadarini daf qila olmas edi. Bu shunchaki Yaqubning bolalariga nisbatan mehr-shafqati boʻlib, oʻshani tavsiya qilgandi, xolos. U Allohning qazoyi qadarini hech narsa qaytara olmasligini juda yaxshi bilardi. Unga qadarga iymon keltirishni ham, sababini qilib qoʻyishni ham Biz oʻrgatganmiz va shu bilan u olimga, bilimdonga aylangan. Lekin koʻp odamlar buni bilmaydilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 67 Keyingi Yusuf • Oyat 69