Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 69 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 69 • Oʻzbekcha


وَلَمَّا دَخَلُوا عَلَىٰ يُوسُفَ آوَىٰ إِلَيْهِ أَخَاهُ ۖ قَالَ إِنِّي أَنَا أَخُوكَ فَلَا تَبْتَئِسْ بِمَا كَانُوا يَعْمَلُونَ 69
Tarjima:
Yusufning oldiga kirganlarida, u inisini o`ziga yaqin joylashtirdi va: «Men akangman, ular qilgan narsalardan xafa bo`lma», – dedi. Yusuf 12:69
Tafsir:
Ogʻa-inilar Yusufning oldiga kirdilar. Yusuf tugʻishgan ukasini bagʻriga bosib, boshqalarga eshittirmasdan: "Men sening tugʻishgan akang Yusufman. Akalaring qilgan ozorlardan, hasadu nafratdan, meni quduqqa tashlaganlaridan xafa boʻlma", dedi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 68 Keyingi Yusuf • Oyat 70