Ularning jihozlarini hozirlagan paytda, inisining yukiga bir suv idishni solib qo`ydi. So`ngra, jarchi: «Ey, karvondagilar, sizlar o`g`ridirsizlar», deb jar soldi. Yusuf 12:70 ⧉
Tafsir:
Yusuf alayhissalom xizmatchilariga aka-ukalarining yukini tayyorlab berayotib, tugʻishgan ukasining idishiga podshohning oʻlchagichini bildirmasdan solib qoʻyishni buyurdi. Bu ishni ukasini oʻzi bilan olib qolishni istab qildi. Ogʻa-inilar qaytayotganlarida ortidan bir jarchi: "Ey karvon, sizlar oʻgʻrisizlar", deya jar soldi.