Ular: «Agar bu o`g`irlagan bo`lsa, bundan oldin uning akasi ham o`g`irlagan edi», – dedilar. Yusuf buni ko`ngliga tugib qo`ydi, ularga oshkor qilmadi. U: «O`zingiz yomonroq turumdasiz. Alloh siz vasf qilayotgan narsani yaxshi bilguvchi Zotdir», – dedi.
Yusuf 12:77 ⧉