Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 76 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 76 • Oʻzbekcha


فَبَدَأَ بِأَوْعِيَتِهِمْ قَبْلَ وِعَاءِ أَخِيهِ ثُمَّ اسْتَخْرَجَهَا مِنْ وِعَاءِ أَخِيهِ ۚ كَذَٰلِكَ كِدْنَا لِيُوسُفَ ۖ مَا كَانَ لِيَأْخُذَ أَخَاهُ فِي دِينِ الْمَلِكِ إِلَّا أَنْ يَشَاءَ اللَّهُ ۚ نَرْفَعُ دَرَجَاتٍ مَنْ نَشَاءُ ۗ وَفَوْقَ كُلِّ ذِي عِلْمٍ عَلِيمٌ 76
Tarjima:
U inisining yukidan oldin ularning yukidan (taftish) boshladi. So`ngra, u(suv idish)ni uning yukidan chiqarib oldi. Shunday qilib, Yusuf foydasiga hiyla qildik. U, podshohning dini bo`yicha inisini olib qola olmas edi. Magar, Alloh xohlasagina, bo`lishi mumkin edi. Kimni xohlasak, o`shaning darajasini ko`taramiz. Har bir ilm egasi ustidan biluvchi bor. Yusuf 12:76
Tafsir:
Karvonni Yusufga qaytarib olib kelib, idishlarini taftish qila boshladilar. Hiylani oshkor qilib qoʻymaslik uchun ukasining idishini taftish qilishdan oldin boshqa akalarining idishlarini taftish qildilar. Keyin ukasining idishini taftish qilib, oʻlchagichni oʻsha yerdan topib oldilar. Biz Yusuf uchun oʻlchagichni ukasining idishiga solib qoʻyish hiylasini ishlatganimizdek, uni oʻzlarining yurtlaridagi qonun-qoidaga koʻra qul qilib olish hiylasini ham ishlatdik. Podshohning jazo turida esa bu narsa yoʻq boʻlib, unda oʻgʻriga darra urilar va tovon toʻlatilar edi. Lekin har doim Alloh xohlagani boʻladi. U Zot har ishga Qodir. Biz Oʻzimiz istagan bandaning darajasini xuddi Yusufdek koʻtarib qoʻyaveramiz. Har bir ilmli odam ustida undan koʻra bilimdonroq bordir. Hamma ilmlar ustida hamma-hamma narsani bilguvchi Allohning ilmi bordir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 75 Keyingi Yusuf • Oyat 77