Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 80 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 80 • Oʻzbekcha


فَلَمَّا اسْتَيْأَسُوا مِنْهُ خَلَصُوا نَجِيًّا ۖ قَالَ كَبِيرُهُمْ أَلَمْ تَعْلَمُوا أَنَّ أَبَاكُمْ قَدْ أَخَذَ عَلَيْكُمْ مَوْثِقًا مِنَ اللَّهِ وَمِنْ قَبْلُ مَا فَرَّطْتُمْ فِي يُوسُفَ ۖ فَلَنْ أَبْرَحَ الْأَرْضَ حَتَّىٰ يَأْذَنَ لِي أَبِي أَوْ يَحْكُمَ اللَّهُ لِي ۖ وَهُوَ خَيْرُ الْحَاكِمِينَ 80
Tarjima:
Undan umidni uzgan chog`larida, chetga chiqib, xufyona maslahat qildilar. Kattalari: «Otangiz sizdan Alloh nomi bilan vasiyqa olganini va bundan oldin Yusuf haqida qilgan aybingizni bilmaysizlarmi?! Men toki otam menga izn bermaguncha yoki Alloh hukm chiqarmaguncha bu yerdan qimirlamasman. U, hukm chiqaruvchilarning eng yaxshisidir. Yusuf 12:80
Tafsir:
Yusufning rad javobidan keyin umidlari uzilib, yashirincha maslahatlashdilar. Katta akalari shunday dedi: "Otangiz sizlardan Allohni oʻrtaga qoʻyib, oʻgʻlini sogʻ-salomat qaytarib olish kelish haqida ahd olganini eslatib qoʻyay. Ahdda sizlar daf qila olmaydigan bir holat yuz berishigina istisno qilingandi. Oldinroq Yusuf borasida ham xatoga yoʻl qoʻyib, otangizga bergan ahdingizga vafo qilmagan edingizlar. Endi men to otam qaytishga ruxsat bermagunicha yoki Alloh menga ukamni qaytarib olishim haqidagi Oʻz hukmini chiqarmagunicha Misrni tark etmayman. Alloh adolat va haqiqat bilan hukm qilguvchilarning eng yaxshisidir".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 79 Keyingi Yusuf • Oyat 81