Otangiz oldiga qaytinglar, bas, unga:«Ey otamiz, haqiqatda o`g`ling o`g`rilik qildi. Biz faqat o`zimiz bilgan narsaga guvohlik berdik, xolos. Biz g`aybni biluvchi emas edik. Yusuf 12:81 ⧉
Tafsir:
Katta oʻgʻil dediki, otangiz oldiga qaytib, shunday denglar: "Otajon, oʻgʻling oʻgʻrilik qilgandi, Misrning podshohi uni shu jinoyati tufayli qul qilib oldi. Biz faqat koʻrgan-bilgan narsamizni gapiryapmiz. Oʻlchagich uning idishidan chiqdi. Uning oʻgʻrilik qilishini bilmagan edik. Bilganimizda senga ahd bermagan boʻlardik.