U: «Albatta, men dardu hasratimdan faqat Allohning O`ziga shikoyat qilmoqdaman va Allohdan siz bilmagan narsani bilurman. Yusuf 12:86 ⧉
Tafsir:
Ularga otalari dedi: "Menga yetayotgan gʻamu qaygʻulardan yolgʻiz Allohning Oʻzigagina shikoyat qilaman. Allohning lutfu marhamati, yaxshilik qilishi, muhtojning ohiga quloq solishi, musibatga uchraganga ajru savoblar berishi haqida sizlar bilmagan narsalarni bilaman".