Ey o`g`illarim, boringlar, Yusufni va uning ukasini yaxshilab izlanglar, Allohning rahmatidan noumid bo`lmanglar. Haqiqatan, Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlargina noumid bo`lurlar», dedi. Yusuf 12:87 ⧉
Tafsir:
Ularga otalari dedi: "Ey oʻgʻillarim, boringlar, Yusuf va uning ukasidan xabar olinglar. Allohning bandalariga boʻlgan rahmatidan, qiyinchilik ortidan yengillik berishidan umid uzmanglar. Allohning rahmatidan faqat kofir qavmlargina umid uzadilar. Chunki ular Allohning qudrati va bandalariga boʻlgan fazlu marhamati qanchalar buyukligini bilmaydilar.