Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Yusuf — Oyat 90 (Oʻzbekcha) — Video

Yusuf • Oyat 111 dan 90 • Oʻzbekcha


قَالُوا أَإِنَّكَ لَأَنْتَ يُوسُفُ ۖ قَالَ أَنَا يُوسُفُ وَهَٰذَا أَخِي ۖ قَدْ مَنَّ اللَّهُ عَلَيْنَا ۖ إِنَّهُ مَنْ يَتَّقِ وَيَصْبِرْ فَإِنَّ اللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ الْمُحْسِنِينَ 90
Tarjima:
Ular: «E-e, hali sen Yusufmisan?!» – dedilar. U: «Men Yusufman, mana bu inim. Alloh bizga marhamat ko`rsatdi. Haqiqatan, kim taqvo va sabr qilsa, Alloh, albatta, go`zal ish qiluvchilarning ajrini zoye qilmagay», dedi. Yusuf 12:90
Tafsir:
Ular bu tasodifdan hayratlanib dedilar: "Sen Yusufmisan?" Yusuf dedi: "Ha, men Yusufman, mana bu koʻrib turganingiz esa ukam. Alloh bizga fazlu marhamat koʻrsatib, erkinlik ato etdi, musibatimizni aritdi. Zero, kim Allohning buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilsa, balolarga sabr qilsa, uning ishi ezgulik hisoblanur va albatta, Alloh yaxshilik qilguvchilarning ajrini zoye qilmas".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Yusuf • Oyat 89 Keyingi Yusuf • Oyat 91