Ular: «Allohga qasamki, haqiqatan, Alloh seni bizdan ustun qildi. Biz esa, xatokorlardan bo`ldik», dedilar. Yusuf 12:91 ⧉
Tafsir:
Ogʻa-inilar qilgan ishlariga uzr aytib dedilar: "Allohga qasamki, Alloh senga yetuklik sifatlarini ato etib, seni bizdan afzal qilibdi. Biz oʻz qilmishimiz tufayli yomon zolimlar boʻldik".