Alif. Laam. Miym. Ro. Ushbular kitobning oyatlaridir. Va senga Robbingdan nozil qilingan narsa haqdir. Lekin odamlarning ko`plari iymon keltirmaslar. Ar-Ra'd 13:1 ⧉
Tafsir:
Alif, Lom, Mim, Ro. Bu kabi harflar haqida "Baqara" surasining boshida aytib oʻtdik. Ey Paygʻambar, bu suradagi buyuk oyatlar ham, sizga nozil qilingan Quron ham zarracha shubha aralashmagan haqdir. Uning Alloh tarafidan ekaniga shak-shubha yoʻq. Lekin koʻp odamlar sarkashlik va takabburlik qilib, unga iymon keltirmaydilar.