Batahqiq, ularning qissalarida aql egalari uchun ibrat bor edi. Bu (Qur'on) to`qima gap emas, lekin o`zidan oldin kelganning tasdig`i va barcha narsaning tafsiloti, hidoyat hamda iymon keltirganlar uchun rahmatdir. Yusuf 12:111 ⧉
Tafsir:
Paygʻambarlar va ularning ummatlari, xususan, Yusuf alayhissalom va uning ogʻa-inilari haqidagi qissalarda aql egalariga bir ibrat bor edi. Bu qissalarni soʻzlayotgan Quron toʻqilgan gap emas, balki, oʻzidan oldingi Alloh tarafidan nozil qilingan samoviy kitoblarni tasdiqlab kelgan va hamma hukmlarni, shariatlarni tafsiloti bilan aytgan hamda iymon keltirgan qavmni ezgulik sari boshlaydigan bir rahmat boʻlgan foydali kitobdir.