Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ar-Ra'd — Oyat 15 (Oʻzbekcha) — Video

Ar-Ra'd • Oyat 43 dan 15 • Oʻzbekcha


وَلِلَّهِ يَسْجُدُ مَنْ فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ طَوْعًا وَكَرْهًا وَظِلَالُهُمْ بِالْغُدُوِّ وَالْآصَالِ ۩ 15
Tarjima:
Allohga osmonlaru yerlardagi kimsalar va ularning soyalari xoh istasinlar, xoh istamasinlar, ertayu kech sajda qilurlar. Ar-Ra'd 13:15
Tafsir:
Osmonlaru yerdagi hamma yolgʻiz Allohga sajda qiladi, boʻysunadi. Bu borada moʻmin ham, kofir ham barobar. Moʻmin oʻz ixtiyori bilan boʻysunsa, kofir majburiy tarzda boʻysunadi. Insonlik tabiati ixtiyoriy tarzda ham boʻysunishini taqozo etadi. Ammo u tabiatiga quloq solmaydi. Hamma maxluqotlarning ertalab yoki kechga yaqin tushadigan soyalari ham U Zotga sajda qiladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ar-Ra'd • Oyat 14 Keyingi Ar-Ra'd • Oyat 16