Sen: «Osmonlaru yerning Robbi kim?» deb ayt. «Alloh», degin. «O`zingizga Undan o`zga, o`zlariga foyda yoki zararga ega bo`lmagan valiylarni tutdingizmi?» degin. «Ko`zi ko`r bilan ko`ruvchi barobar bo`lurmi yoki zulmatlar bilan nur barobar bo`lurmi?» degin. Yoki ular Allohga U yaratgan maxluqotlarga o`xshash maxluqotlarni yaratganlarni sherik qilib oldilar-u, ularga yaratilgan maxluqotlarga o`xshash ko`rinmoqdami? «Barcha narsaning yaratuvchisi Allohdir. Va U Birdir, Qahhordir», degin. Ra'd 13:16 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Allohdan boshqaga ibodat qiladigan kofirlarga ayting: "Osmonlaru yerni yaratgan, ularni boshqarib turadigan Zot kim?" Ey Paygʻambar, ayting: "Ularni yaratgan ham, boshqarib turadigan ham Alloh ekanini juda yaxshi bilasizlar". Ey Paygʻambar, ayting: "Allohni qoʻyib, boshqalar tugul, hatto oʻziga ham foyda yo zarar keltira olmaydigan ojiz, notavon butlarni oʻzlaringizga xoja qilib oldinglarmi?" Ey Paygʻambar, ayting: "Koʻngil koʻzi koʻr kofir bilan koʻzi ochiq, hidoyat topgan moʻmin barobarmi? Zulmatlardek qop-qorongʻu kufr bilan nurdek ravshan iymon tengmi?". Yoki ular Allohga butlarni sherik qilib oldilarmi? Oʻsha butlar xuddi Alloh kabi yaratuvchilik qildilarmi? Keyin ular qaysi birini Alloh, qaysi birini butlar yaratganini bilolmay, chalkashib qoldilarmi? Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Hamma narsaning yaratuvchisi yolgʻiz Allohdir. U yagonadir, sheriksizdir. Mabudlikka yagona haqdor Zotdir. Hamma narsadan gʻolibdir".