U osmondan suv tushirdi. So`ngra vodiylarda o`z miqdoricha sel oqdi. Bas, sel o`z ustiga chiqqan ko`pikni ko`tarib keldi. Va zeb-ziynat, asbob-uskuna yasash maqsadida o`tda toblanadigan narsalarda ham shunga o`xshash ko`pik bo`lur. Alloh haq va botilga mana shunday zarbulmasal keltirur. Ammo ko`pik o`z-o`zidan yo`q bo`lib ketur. Odamlarga manfaat beradigan narsa esa, yer yuzida qolur. Alloh misollarni ana shunday keltirur.
Ar-Ra'd 13:17 ⧉