Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ra'd — Oyat 30 (Oʻzbekcha) — Video

Ra'd • Oyat 43 dan 30 • Oʻzbekcha


كَذَٰلِكَ أَرْسَلْنَاكَ فِي أُمَّةٍ قَدْ خَلَتْ مِنْ قَبْلِهَا أُمَمٌ لِتَتْلُوَ عَلَيْهِمُ الَّذِي أَوْحَيْنَا إِلَيْكَ وَهُمْ يَكْفُرُونَ بِالرَّحْمَٰنِ ۚ قُلْ هُوَ رَبِّي لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ مَتَابِ 30
Tarjima:
Shunday qilib, seni o`zlaridan oldin ham ummatlar o`tgan bir ummatga ularga o`zingga vahiy qilgan narsamizni tilovat qilib berishing uchun yubordik. Holbuki, ular Rohmanga kufr keltirurlar. Sen: «U mening Robbimdir, Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Uning O`zigagina tavakkal qildim. Tavbam ham Uning O`zigadir», deb ayt. Ra'd 13:30
Tafsir:
Ey Paygʻambar, oldingi ummatlarga paygʻambarlar yuborganimizdek, sizni ham oʻz ummatingizga paygʻambar qilib yubordik. Toki, ularga Biz sizga vahiy qilgan Quronni oʻqib berasiz. Sizning haq ekaningizni isbotlashga uning oʻzi kifoyadir. Lekin qavmingizning ahvoli boshqacha boʻladi. Ular bu oyatni inkor etadilar. Chunki ular Rahmonga kufr keltiradilar, Unga boshqa narsalarni sherik qiladilar. Ey Paygʻambar, ayting: "Sizlar Rahmonga shirk keltiryapsizlar. Hobuki, U mening Parvardigorimdir. Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Hamma ishlarimda Ungagina suyandim va tavba qilib borar joyim ham yolgʻiz Ungadir".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ra'd • Oyat 29 Keyingi Ra'd • Oyat 31