Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ar-Ra'd — Oyat 31 (Oʻzbekcha) — Video

Ar-Ra'd • Oyat 43 dan 31 • Oʻzbekcha


وَلَوْ أَنَّ قُرْآنًا سُيِّرَتْ بِهِ الْجِبَالُ أَوْ قُطِّعَتْ بِهِ الْأَرْضُ أَوْ كُلِّمَ بِهِ الْمَوْتَىٰ ۗ بَلْ لِلَّهِ الْأَمْرُ جَمِيعًا ۗ أَفَلَمْ يَيْأَسِ الَّذِينَ آمَنُوا أَنْ لَوْ يَشَاءُ اللَّهُ لَهَدَى النَّاسَ جَمِيعًا ۗ وَلَا يَزَالُ الَّذِينَ كَفَرُوا تُصِيبُهُمْ بِمَا صَنَعُوا قَارِعَةٌ أَوْ تَحُلُّ قَرِيبًا مِنْ دَارِهِمْ حَتَّىٰ يَأْتِيَ وَعْدُ اللَّهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ لَا يُخْلِفُ الْمِيعَادَ 31
Tarjima:
Agar Qur'on ila tog`lar jildiriladigan, yer parchalanadigan yoki o`liklar tilga kiritiladigan bo`lganida (imkoni bor edi). Ammo, ishning barchasi Allohga xosdir. Iymon keltirganlar, agar Alloh xohlasa, odamlarning hammasini hidoyat qila olishini bilmadilarmi? Kufr keltirganlarga, to Allohning va'dasi kelguncha, o`z ishlari sababli mudom larzaga soluvchi musiybatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va'daga xilof qilmas. Ar-Ra'd 13:31
Tafsir:
Agar ilohiy kitoblardan birida togʻlarni joyidan jildirish yo yerni yorish yoki oʻlikni tiriltirish kabi sifatlar boʻlganida oʻsha kitob ham mana shu Quron boʻlar edi. Ey Paygʻambar, agar ular sofdil taqvodorlar boʻlganida Qurondan tasirlangan va uning yorqin hujjatlarini tan olgan boʻlar edilar. Lekin ular haqni tan olmaydigan nonkoʻrlardir. Hamma ishlar Allohning Qoʻlidadir. Istasa, moʻjizalar nozil qiladi, istamasa yoʻq. Moʻminlar Alloh istasa, hech qanday moʻjizalar nozil qilmasdan ham hamma odamlarni hidoyatga boshlashi mumkinligini bilmaydilarmi? Lekin Alloh buni istamadi. Kofirlarga kufri va gunohlari kasofatidan balo-ofatlar yetaveradi, diyorlariga yaqin joylarga kulfatlar yogʻaveradi. Bu ish to Allohning uzluksiz azobi tushishi haqidagi vadasi kelguniga qadar davom etadi. Alloh vada qilgan ish oʻz vaqtida aniq amalga oshadi. Alloh uni amalga oshirmay qoʻymaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ar-Ra'd • Oyat 30 Keyingi Ar-Ra'd • Oyat 32