Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ra'd — Oyat 36 (Oʻzbekcha) — Video

Ra'd • Oyat 43 dan 36 • Oʻzbekcha


وَالَّذِينَ آتَيْنَاهُمُ الْكِتَابَ يَفْرَحُونَ بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ ۖ وَمِنَ الْأَحْزَابِ مَنْ يُنْكِرُ بَعْضَهُ ۚ قُلْ إِنَّمَا أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ اللَّهَ وَلَا أُشْرِكَ بِهِ ۚ إِلَيْهِ أَدْعُو وَإِلَيْهِ مَآبِ 36
Tarjima:
Biz kitob berganlar senga nozil qilingan narsadan xursand bo`lurlar. Guruhlar ichida uning ba'zisini inkor qiladigan kimsalar ham bor. Sen: «Albatta, men Allohga ibodat qilishga, Unga shirk keltirmaslikka amr qilindim. Ungagina da'vat qilaman hamda qaytishim ham Ungadir», deb ayt. Ra'd 13:36
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Biz Tavrotni bergan yahudiylar ham, Biz Injilni bergan nasroniylar ham sizga nozil qilingan haqqa xursand boʻladilar. Chunki u ularga nozil qilingan vahiylarning ayrimlariga toʻgʻri keladi. Yahudiy va nasroniylardan bir toʻda boʻlib, oʻzlarining havoyi nafslariga toʻgʻri kelmagani uchun sizga nozil qilingan haqning ayrim oʻrinlarini inkor qiladilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Alloh meni yolgʻiz Oʻziga ibodat qilishimga, Unga hech narsani sherik qilmasligimga buyurgan. Yolgʻiz Ungagina davat qilaman, qaytib borar joyim ham yolgʻiz Ungadir. Tavrot va Injil ham shuni olib kelgan".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ra'd • Oyat 35 Keyingi Ra'd • Oyat 37