Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ra'd — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

Ra'd • Oyat 43 dan 37 • Oʻzbekcha


وَكَذَٰلِكَ أَنْزَلْنَاهُ حُكْمًا عَرَبِيًّا ۚ وَلَئِنِ اتَّبَعْتَ أَهْوَاءَهُمْ بَعْدَمَا جَاءَكَ مِنَ الْعِلْمِ مَا لَكَ مِنَ اللَّهِ مِنْ وَلِيٍّ وَلَا وَاقٍ 37
Tarjima:
Shuningdek, Biz uni arabiy hukm etib nozil qildik. Agar sen o`zingga kelgan ilmdan so`ng ularning havoyi nafslariga ergashsang, sen uchun Allohdan na bir do`st va na bir saqlovchi bo`lmas. Ra'd 13:37
Tafsir:
Ey Paygʻambar, oldingi kitoblarni oʻz qavmining tilida nozil qilganimizdek, sizga Quronni arab tilida haqning mufassal bayoni qilib nozil qildik. Ey Paygʻambar, sizga Alloh ilm berganidan keyin ham ahli kitoblarning oʻzlarining havoyi nafslariga toʻgʻri kelmaydigan joylarini olib tashlash haqidagi talablariga rozi boʻlsangiz, sizga Alloh tarafidan ishlaringizni oʻnglab turadigan bir boshqaruvchi ham, dushmanlariningizdan himoya qiladigan bir himoyachi ham, Oʻzining azobidan mudofaa qiladigan bir mudofaachi ham boʻlmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ra'd • Oyat 36 Keyingi Ra'd • Oyat 38