Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ra'd — Oyat 38 (Oʻzbekcha) — Video

Ra'd • Oyat 43 dan 38 • Oʻzbekcha


وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا رُسُلًا مِنْ قَبْلِكَ وَجَعَلْنَا لَهُمْ أَزْوَاجًا وَذُرِّيَّةً ۚ وَمَا كَانَ لِرَسُولٍ أَنْ يَأْتِيَ بِآيَةٍ إِلَّا بِإِذْنِ اللَّهِ ۗ لِكُلِّ أَجَلٍ كِتَابٌ 38
Tarjima:
Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlar yubordik va ularga xotinlar va zurriyotlar ato qilganmiz. Hech bir Payg`ambar Allohning iznisiz oyat-mo`'jiza keltirgan emas. Har bir ajalning o`z kitobi bordir. Ra'd 13:38
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizdan oldin ham paygʻambarlar yuborganmiz. Siz birinchisi emassiz. Ularga ham xuddi odamlardek juftlar, bolalar ato etganmiz. Ularni uylanmaydigan, bola koʻrmaydigan farishtalar qilib qoʻymaganmiz. Siz ham oʻshalarning birisiz. Shunday ekan, nega mushriklar sizning odam ekaningizdan ajablanadilar? Allohning iznisiz biron paygʻambarning oʻzicha biron oyat-moʻjiza keltirishga haqqi boʻlmagan. Alloh hukm qilib qoʻygan har bir ishning oʻz yozigʻi va oʻz muddati bordirki, oʻsha yozigʻdan, oʻsha muddatdan qilcha ham oʻzgarmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ra'd • Oyat 37 Keyingi Ra'd • Oyat 39