Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ar-Ra'd — Oyat 5 (Oʻzbekcha) — Video

Ar-Ra'd • Oyat 43 dan 5 • Oʻzbekcha


وَإِنْ تَعْجَبْ فَعَجَبٌ قَوْلُهُمْ أَإِذَا كُنَّا تُرَابًا أَإِنَّا لَفِي خَلْقٍ جَدِيدٍ ۗ أُولَٰئِكَ الَّذِينَ كَفَرُوا بِرَبِّهِمْ ۖ وَأُولَٰئِكَ الْأَغْلَالُ فِي أَعْنَاقِهِمْ ۖ وَأُولَٰئِكَ أَصْحَابُ النَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَالِدُونَ 5
Tarjima:
Agar ajablanadigan bo`lsang, ularning: «Agar biz tuproq bo`lib ketsak ham, yangidan yaratilamizmi?!» deyishlari yana ham ajablanarlidir. Ana o`shalar Robbilariga kufr keltirganlardir. Ana o`shalar bo`yinlari kishanlarda bo`ladiganlardir. Ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar. Ar-Ra'd 13:5
Tafsir:
Ey Paygʻambar, biron narsadan ajablangingiz kelsa, ularning: "Suyaklarimiz chirib, tuproq boʻlib ketganimizdan keyin yana yangitdan yaratilamizmi?", deya, qayta tirilishni inkor qilishlaridan ajablaning. Ular Parvardigorlariga kufr keltirib, U Zotning qayta tiriltirishga qodirligini inkor qilgan kimsalardir. Qiyomat kuni ularning boʻyinlarida olovdan yasalgan kishanlar boʻlgay. Ular doʻzax egalari boʻlib, unda abadiy qolurlar, bardavom, uzluksiz azoblanurlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ar-Ra'd • Oyat 4 Keyingi Ar-Ra'd • Oyat 6