Ular sendan yaxshilikdan avval yomonlik keltirishni talab qilurlar. Holbuki, ulardan avval misollar o`tmishdir. Va, albatta, Robbing odamlarning zulmiga qaramay, ular uchun mag`firatlidir. Va, albatta, Robbing iqobi shiddatlidir. Ar-Ra'd 13:6 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, mushriklar sizdan tezroq azob yuborilishini soʻraydilar. Alloh ularga taqdir qilib qoʻygan nematlar toʻla berilmasidan oldin kelishini istaydilar. Holbuki, oldin ham haqni tan olmagan ummatlarga azob yuborilgani haqida misollar oʻtgandi. Nega oʻshalardan ibrat olmaydilar? Ey Paygʻambar, odamlar zolim boʻlsalar-da, Parvardigoringiz ularni kechirib yuboraveradi. Azobni tezlashtirmaydi. Tavba qilib olishlariga muhlat beradi. Lekin U tavba qilmasdan, kofirligida oyoq tirab turib oladiganlar uchun azobi qattiq Zotdir.