Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ibrahim — Oyat 31 (Oʻzbekcha) — Video

Ibrahim • Oyat 52 dan 31 • Oʻzbekcha


قُلْ لِعِبَادِيَ الَّذِينَ آمَنُوا يُقِيمُوا الصَّلَاةَ وَيُنْفِقُوا مِمَّا رَزَقْنَاهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً مِنْ قَبْلِ أَنْ يَأْتِيَ يَوْمٌ لَا بَيْعٌ فِيهِ وَلَا خِلَالٌ 31
Tarjima:
Sen iymon keltirgan bandalarimga aytgin, namozni to`la-to`kis ado etsinlar. Savdo-sotiq, og`aynigarchilik yo`q bo`lgan Kun kelmasidan oldin ularga rizq qilib bergan narsalarimizdan maxfiy va oshkor infoq qilsinlar. Ibrahim 14:31
Tafsir:
Ey Paygʻambar, moʻminlarga ayting: "Ey moʻminlar, namozni toʻkis ado etinglar hamda Allohning azobidan qutulib qolish uchun hech qanday toʻlov ham, tanish-bilishchilik ham oʻtmaydigan kun kelishidan oldin Biz bergan rizqdan riyodan saqlanish uchun yashirin va boshqalarga ibrat boʻlish uchun oshkora infoq-ehson qilinglar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ibrahim • Oyat 30 Keyingi Ibrahim • Oyat 32