Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ibrohim — Oyat 36 (Oʻzbekcha) — Video

Ibrohim • Oyat 52 dan 36 • Oʻzbekcha


رَبِّ إِنَّهُنَّ أَضْلَلْنَ كَثِيرًا مِنَ النَّاسِ ۖ فَمَنْ تَبِعَنِي فَإِنَّهُ مِنِّي ۖ وَمَنْ عَصَانِي فَإِنَّكَ غَفُورٌ رَحِيمٌ 36
Tarjima:
Ey Robbim, albatta, u(sanam)lar odamlardan ko`pini adashtirdilar. Bas, kim menga ergashsa, u mendandir. Kim menga osiy bo`lsa, albatta, O`zing mag`firat qilguvchi va rahimlisan. Ibrohim 14:36
Tafsir:
Parvardigorim, butlar koʻp odamlarni yoʻldan urdilar. Odamlar ularning shafoat qilishlariga ishonib aldandilar. Allohni qoʻyib, oʻshalarga ibodat qildilar. Endi kim Allohni bir deb bilish va U Zotga itoat etishda menga ergashsa, oʻsha mening guruhimdan, tobelarimdandir. Kim menga qarshi chiqib, Allohni bir deb bilmasa, U Zotga itoat etmasa, Parvardigoro, Oʻzing gunohlarni kechirib yuboradigan, mehribon Zotsan.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ibrohim • Oyat 35 Keyingi Ibrohim • Oyat 37