Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ibrahim — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

Ibrahim • Oyat 52 dan 37 • Oʻzbekcha


رَبَّنَا إِنِّي أَسْكَنْتُ مِنْ ذُرِّيَّتِي بِوَادٍ غَيْرِ ذِي زَرْعٍ عِنْدَ بَيْتِكَ الْمُحَرَّمِ رَبَّنَا لِيُقِيمُوا الصَّلَاةَ فَاجْعَلْ أَفْئِدَةً مِنَ النَّاسِ تَهْوِي إِلَيْهِمْ وَارْزُقْهُمْ مِنَ الثَّمَرَاتِ لَعَلَّهُمْ يَشْكُرُونَ 37
Tarjima:
Ey Robbimiz, haqiqatda men o`z zurriyotimdan Sening Baytul Haroming yoniga, giyohsiz vodiyga joylashtirdim. Ey Robbimiz, namozni to`kis ado etishlari uchun. Bas, O`zing odamlardan ba'zilarining qalblarini ularga talpinadigan qilgin va ularni mevalardan rizqlantirgin. Shoyad, shukr qilsalar. Ibrahim 14:37
Tafsir:
Parvardigoro, men zurriyotimdan bir qismini, oʻgʻlim Ismoil va uning avlodini muharram bayting yonidagi bir suvsiz, ekinsiz Makka vodiysiga joylashtirdim. Parvardigoro, namozni toʻkis ado etishlari uchun shunday qildim. Parvardigoro, endi odamlarning qalblarini ularga va shu shaharga moyil boʻladigan qilib qoʻygin va ularga mevalardan rizq ato etgin. Shoyadki, bergan nematlaringga shukr qilsalar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ibrahim • Oyat 36 Keyingi Ibrahim • Oyat 38