Va o`ziga zulm qilganlarning maskanlariga joylashmadingizmi? Sizga ularni qanday qilganimiz ravshan bo`lmadimi? Sizga misollar keltirmadikmi? Ibrahim 14:45 ⧉
Tafsir:
Ilgari Allohga kufr keltirish bilan oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan Hud qavmi, Solih qavmi kabi zolim ummatlarning maskanlariga joylashdingiz. Ularni qanday halok qilganimiz sizlarga ayon boʻldi. Pand-nasihat olarmikinsizlar, deya Allohning Kitobida sizlarga misollar keltirdik. Ammo sizlar ulardan ibrat olmadingizlar.