Darhaqiqat, ular o`z makrlarini qildilar. Holbuki, ularning makrlari, garchi makrlaridan tog`lar zavolga uchraydigan bo`lsa ham, Allohning huzuridadir. Ibrohim 14:46 ⧉
Tafsir:
Zolim ummatlarning maskanlaridan joy olganlar Paygʻambar alayhissalomni oʻldirib, u zot olib borayotgan davatga barham berish uchun makr-hiyla qildilar. Alloh esa ularning tadbirlaridan Xabardordir. Hech ish U Zotdan yashirin qola olmas. Ularning nayranglari zaifdir. Togʻni ham, boshqa narsani ham qimirlata olmas. Allohning makri esa buning aksidir.