Batahqiq, Biz Musoni oyatlarimiz ila: «Qavmingni zulmatlardan nurga chiqar va ularga Allohning kunlarini eslat! Albatta, bunda har bir sabrli va shukrli uchun ibratlar bordir», deb yubordik. Ibrahim 14:5 ⧉
Tafsir:
Biz Musoni paygʻambar qilib yubordik. Haq ekaniga, Parvardigori tarafidan yuborilgan paygʻambar ekaniga dalolat qiluvchi oyatlar bilan uni qoʻllab-quvvatladik. Unga qavmini kufru jaholatdan iymonu marifatga olib chiqishni hamda odamlarga Alloh nematlar ato etgan kunlarni eslatishni amr etdik. Oʻsha kunlarda Allohning yagona haq iloh ekaniga, kuch-qudrati buyukligiga, moʻminlarga naqadar behisob nematlar ato etganiga ochiq dalolatlar bor. Bu dalolatlarni Allohga itoat qilish yoʻlidagi mashaqqatlarga sabr qiladigan va U Zot ato etgan nematlarga shukr etadigan kishilargina ilgʻay oladilar.