Qaysiki Payg`ambarni yuborgan bo`lsak, bayon qilib berishi uchun, o`z qavmi tili ila yuborganmiz. Bas, Alloh kimni xohlasa, zalolatga ketkazadi, kimni xohlasa, hidoyatga soladir. U Aziyz va hikmatli Zotdir. Ibrahim 14:4 ⧉
Tafsir:
Qaysi bir paygʻambarni yuborgan boʻlsak, uni oʻz qavmining tili bilan yubordik. Toki, Alloh tarafidan yuborilgan hukmlarni bayon qilishi yengil boʻlsin. Biz paygʻambarni odamlarni iymonga majburlash uchun yubormadik. Zero, Alloh Oʻzi xohlagan odamni Oʻz adli ila adashtiradi va Oʻzi xohlagan odamni Oʻz fazli ila toʻgʻri yoʻlga soladi. U hammadan Gʻolib hamda har bir yaratishini, tadbirini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.