Qachonki, Biz bir oyat o`rnini boshqa bir oyat ila almashtirsak, — holbuki, Alloh nimani nozil qilishni O`zi yaxshi bilguvchidir — ular: «Shubhasiz, sen uydirmachisan!» derlar. Yo`q! Ularning ko`plari bilmaslar. An-Nahl 16:101 ⧉
Tafsir:
Qachon Qurondan bir oyatni nasx qilib, oʻrniga boshqa bir oyatni almashtirsak - Allohning Oʻzi nimani nozil qilishini bilguvchiroq - "Ey Muhammad, sen uydirmachisan, yolgʻon toʻqiyapsan", deydilar. Aslo unday emas. Aksincha, ularning koʻplari nasx ostidagi ilohiy hikmatni bilmaydilar.