Yolg`onni faqat Allohning oyatlariga iymon keltirmaydiganlargina to`qirlar. Ana o`shalar o`zlari yolg`onchilardir. An-Nahl 16:105 ⧉
Tafsir:
Muhammad alayhissalom yolgʻonchi emas. U zotga chindan Parvardigori tarafidan vahiy kelgan. Yolgʻonni Allohning oyatlariga ishonmaydigan kimsalargina toʻqiydilar. Chunki ular azobdan qoʻrqmaydilar, savobdan umidvor ham boʻlmaydilar. Ana oʻsha kofirlar gʻirt yolgʻonchilardir. Chunki yolgʻonchilik ularning odatidir.