Kim iymondan so`ng Allohga kufr keltirsa, — qalbi iymon ila orom topa turib zo`rlanganlar bundan mustasno — kim ko`ksini kufrga ochsa, bas, ularga Allohdan g`azab bor. Ularga ulkan azob bor. An-Nahl 16:106 ⧉
Tafsir:
Kim iymon keltirganidan keyin yana kofir boʻlsa, Allohning gʻazabiga yoʻliqadi. Faqat majbur qilingan, tili bilangina kufr kalimasini aytib, qalbi esa iymon bilan orom olib turgan kimsa bundan mustasno. Lekin kimlar qalbini kufrga ochib bersalar, bajonidil uni qabul qilsalar, murtad boʻlsalar, ularning ustiga Alloh tarafidan bir gʻazab yogʻilur va ular uchun ulkan azob bordir.