Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Nahl — Oyat 110 (Oʻzbekcha) — Video

Nahl • Oyat 128 dan 110 • Oʻzbekcha


ثُمَّ إِنَّ رَبَّكَ لِلَّذِينَ هَاجَرُوا مِنْ بَعْدِ مَا فُتِنُوا ثُمَّ جَاهَدُوا وَصَبَرُوا إِنَّ رَبَّكَ مِنْ بَعْدِهَا لَغَفُورٌ رَحِيمٌ 110
Tarjima:
So`ngra, albatta, Robbing fitnaga uchraganlaridan keyin hijrat etib, jihod qilgan va sabr etganlari uchun, albatta, Robbing shulardan keyin mag`firatli va rahimlidir. Nahl 16:110
Tafsir:
Ey Paygʻambar, moʻminlar mushriklar tarafidan azobu uqubatlarga yoʻliqdilar. Shu qadar qattiq sinovlarga duch keldilarki, hatto majbur boʻlganlari tufayli dillari toʻla iymon boʻlsa-da, tillarida kufr kalimasini aytishgacha bordilar. Shundan keyin Makkadan Madinaga hijrat qildilar. Keyin esa Alloh kalimasini oliy qilish uchun Alloh yoʻlida jihod qildilar. Jihod mashaqqatlariga sabr qildilar. Mana shu fitnalar va azobu uqubatlarlardan keyin Parvardigoringiz, albatta, ularni Kechirguvchidir va ularga Mehribondir. Chunki ular kufr kalimasini faqat majbur boʻlganlari tufayligina aytganlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Nahl • Oyat 109 Keyingi Nahl • Oyat 111