U kunda har jon o`zi haqida tortishish uchun kelur va har bir jonga amaliga yarasha vafo qilinur hamda ularga zulm etilmas. Nahl 16:111 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang! Qiyomat kunida har bir jon faqat oʻzini oqlashga urinib qoladi. Shu qadar dahshatli holat yuz beradiki, oʻzidan boshqa hech kim bilan ishi boʻlmay qoladi. Har bir jonga qilgan ishiga yarasha jazo yo mukofoti toʻla qilib beriladi. Ularga zulm qilinmaydi. Yaxshiliklari kamaytirilmaydi, yomonliklari koʻpaytirilmaydi.