U sizga kechaniyu kunduzni, quyoshniyu oyni xizmatkor qildi. Yulduzlar Uning amri ila xizmatkordir. Albatta, bunda aql yuritguvchi qavmlar uchun oyat-belgilar bordir. An-Nahl 16:12 ⧉
Tafsir:
Alloh sizlarga dam olib, xordiq chiqarishingiz uchun kechani, tirikchilik qilishingiz uchun kunduzni, nur taratib turishi uchun quyoshni, kechani yoritib turishi uchun oyni boʻysundirib berdi. Yulduzlar ham U Zotning farmoni ila boʻysundirilgandir. Quruqligu dengiz yoʻllarida ularga qarab yoʻlingizni topib olasiz, vaqtlarni aniqlaysiz va ulardan boshqa ishlarda ham foydalanasiz. Shuncha narsaning insonga boʻysundirib berilishida aql yuritadigan odamlar uchun Allohning qudratiga dalolat qiluvchi oyat-alomatlar bor. Zero, bu ishlar ostidagi hikmatni aql yurita oladigan odamlargina idrok eta oladilar.