Batahqiq, ulardan oldingilar ham makr qilganlar. Bas, Alloh binolarini poydevoridan yiqitdi. Shift ularning ustiga qulab tushdi. Va ularga o`zlari sezmagan tomondan azob keldi. An-Nahl 16:26 ⧉
Tafsir:
Oldinlari ham kofirlar paygʻambarlariga makr-hiylalar qilgandilar. Oʻshanda Alloh ularning binolarini poydevoridan qulatgandi. Shu bilan ularni tom bosib qolgandi. Ularga azob oʻzlari kutmagan tarafdan kelgandi. Ular, qurgan binolarimiz bizni asraydi, deb oʻylagandilar. Aynan oʻsha binolari ularni halok qilgandi.