So`ngra qiyomat kunida U zot ularni xor qilur va: «Sizlar ular haqida tortishib yurgan Mening «sheriklarim» qani?» der. Ilm berilganlar: «Bugungi kunda xorlik va yomonlik kofirlargadir», derlar. An-Nahl 16:27 ⧉
Tafsir:
Keyin Qiyomat kuni Alloh ularni azoblab, xorlab, shunday deydi: "U dunyoda Menga butlarni sherik qilib, ular haqida paygʻambarim va moʻminlar bilan talashib-tortishgan edingiz. Qani endi oʻsha "Mening sheriklarim?"" Rabboniy olimlar dedilar: "Qiyomat kuni xorlik va azob faqat kofirlar ustiga yogʻiladi".