Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nahl — Oyat 28 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nahl • Oyat 128 dan 28 • Oʻzbekcha


الَّذِينَ تَتَوَفَّاهُمُ الْمَلَائِكَةُ ظَالِمِي أَنْفُسِهِمْ ۖ فَأَلْقَوُا السَّلَمَ مَا كُنَّا نَعْمَلُ مِنْ سُوءٍ ۚ بَلَىٰ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ 28
Tarjima:
Farishtalar ularning jonlarini o`zlariga zulm qilgan hollarida olgandir. Ular, hech bir yomonlik qilmagan edik, deya taslim bo`lurlar. Yo`q! Albatta, Alloh nima amal qilib yurganingizni bilguvchi Zotdir. An-Nahl 16:28
Tafsir:
Allohga kufr keltirib, oʻzlariga oʻzlari zulm qilib turgan hollarida farishtalar ularning jonlarini oladilar. Shunda ular taqdirga tan berib, kufru masiyatlarini rad etadilar. Rad etsak, foydasi boʻladi, deb oʻylaydilar. Shunda ularga aytiladiki, sizlar kofir boʻlib, gunohlar qilgan edingiz, dunyoda qilib oʻtgan ishlaringizni Alloh koʻrib-bilib turgan, hech narsa U Zotdan yashirin qola olmas, endi amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nahl • Oyat 27 Keyingi An-Nahl • Oyat 29