Ular o`zlari yoqtirmagan narsani Allohniki qilurlar. Ularning tillari esa, yolg`ondan o`zlariga go`zal (oqibat) bo`lishini vasf qilur. Hech shubha yo`qki, ularga, albatta, do`zax bo`lur va, albatta, ular unutilganlardir. An-Nahl 16:62 ⧉
Tafsir:
Allohga oʻzlari yoqtirmaydigan ayollarni qilib, yana tillari yolgʻondan oʻzlari uchun Allohning dargohida goʻzal martaba, oqibat borligi haqida gapiradi. Oʻzlari aytganlaridek, qayta tiriladigan boʻlsalar, ular uchun doʻzax boʻlishi muqarrar. Unga tashlanadilar va undan hech qachon chiqmaydilar.