Allohga qasamki, Biz sendan oldingi ummatlarga ham (Payg`ambar) yuborganmiz. Bas, shayton ularga amallarini ziynatlab ko`rsatdi. U bugun ularning do`stidir. Ularga alamli azob bo`lur. An-Nahl 16:63 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Allohga qasamki, sizdan oldingi ummatlarga ham paygʻambarlar yuborganmiz. Bas, shayton ularga oʻzlarining shirk, kufr, masiyat kabi qabih ishlarini chiroyli qilib koʻrsatdi. Bugun shayton ularning doʻstidir. U Qiyomat kuni bizga yordam beradi, deb oʻylaydilar. Oxiratda ular uchun alamli azob bordir.