Alloh osmondan suv tushirib, u ila yerni o`limidan keyin tiriltirdi. Albatta, bunda eshitadigan qavmlar uchun oyat — belgilar bordir. An-Nahl 16:65 ⧉
Tafsir:
Alloh osmondan yomgʻir yogʻdirib, yerga jon ato etdi. Undan turli oʻsimliklarni oʻstirdi, undirdi. Undan oldin yer qurib, qovjirab yotardi. Yomgʻirning yogʻishiyu oʻsimliklarning unib-oʻsishida Allohning kalomiga quloq soladigan qavm uchun U Zotning qudratini namoyish etuvchi ochiq dalolat bor.