Chorva hayvonlarida ham siz uchun, albatta, ibrat bordir. Biz sizlarni ularning qornidan, go`ng va qon orasidan ichuvchilar(tomog`i)dan oson o`tuvchi sof sut ila sug`oramiz. Nahl 16:66 ⧉
Tafsir:
Ey insonlar, sizlarga tuya, sigir, qoʻy kabi chorva hayvonlarida ibrat bor. Ularning yelinlaridan qorinlaridagi chiqindilaru jismidagi qondan ajralib chiqadigan toza va xushtam sut bilan sizlarni sugʻoramiz.