Allohga misol keltirmanglar! Albatta, Alloh biladir. Sizlar esa, bilmassizlar. An-Nahl 16:74 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, foyda ham, zarar ham keltira olmaydigan butlarni Allohga oʻxshatmanglar. Allohning sherigi yoʻq. U yagona chin mabud. Ulugʻlik va kamol sifatlari ne ekanini Alloh yaxshi biladi. Sizlar esa bilmaysizlar. Shuning uchun shirk tuzogʻiga ilinib, butlaringizni U Zotga oʻxshatasizlar.