Alloh hech narsaga qodir bo`lmaydigan mamluk — qul bilan Biz uni yaxshi rizq ila rizqlantirgan va o`shandan maxfiy va oshkora infoq qiladigan kimsani misol keltiradi. Ular teng bo`lurlarmi? Hamdu sano Allohgadir. Lekin ko`plari bilmaslar. An-Nahl 16:75 ⧉
Tafsir:
Alloh mushriklarga raddiya bildirib, bir misol zarb etdi. Hech ish qoʻlidan kelmaydigan, hech qanday mulki ham yoʻq, oʻzi boshqaga mulk boʻlgan bir mamluk qul va Biz unga halol mol-davlat bergan, ularni istaganicha ishlatadigan, ulardan yashirin va oshkora sarflaydigan bir hur. Bu ikki kishi hech qachon teng boʻlmaydi. Shunday ekan, qanday qilib Oʻz mulkini istaganicha tasarruf qiladigan Molik Allohni hech ish qoʻlidan kelmaydigan butlarga mengzaysizlar? Hamma maqtovlarga Allohgina loyiqdir. Lekin mushriklarning koʻplari yolgʻiz Allohgina chin mabud ekanini, yolgʻiz Ugina mabudlikka loyiq ekanini bilmaydilar.