Alloh ikki kishini zarbulmasal keltirdi. Birlari soqov, hech narsaga qodir bo`lmas. U o`z xojasiga yukdir. Qayerga yuborsa ham, yaxshilik keltirmas. O`sha odam bilan o`zi to`g`ri yo`lda turib, boshqalarni adolatga amr qiladigan kishi barobar bo`lurmi? Nahl 16:76 ⧉
Tafsir:
Alloh ularga raddiya bildirib, ikki kishini misol qilib keltirdi. Ulardan biri eshitmaydigan, gapirmaydigan, tushunmaydigan bir gung-soqov. Hech ish qoʻlidan kelmaydi. Hech kimga nafi tegmaydi. Egasiga bir yuk, xolos. Egasi uni qayerga yubormasin, biron yaxshilik bilan qaytmaydi. Buyurgan ishini bajarolmaydi. Endi mana shu odam bilan eshitishi ham, gapirishi ham soppa-sogʻ boʻlgan, foyda keltira oladigan, odamlarni adolatga buyuradigan, oʻzi toʻgʻri yoʻlini topib olgan kishi barobarmi? Ey mushriklar, qanday qilib ulugʻligu kamol sifatlariga ega boʻlgan Allohni eshitmaydigan, gapirmaydigan, foyda ham, zarar ham keltira olmaydigan butlaringizga tenglashtirasizlar?!