Kufr keltirgan va Allohning yo`lidan to`sganlarga fasod qilganlari uchun azob ustiga azob ziyoda qildik. Nahl 16:88 ⧉
Tafsir:
Oʻzi Allohga kufr keltirib, boshqalarni U Zotning yoʻlidan toʻsgan kimsalarga, oʻzi ham adashib, boshqalarni ham adashtirib, fisq-fasod qilib yurganlari uchun azob ustiga azobni ziyoda qildik. Ular oʻzi shunga loyiq boʻlib qoldilar.