Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nahl — Oyat 89 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nahl • Oyat 128 dan 89 • Oʻzbekcha


وَيَوْمَ نَبْعَثُ فِي كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيدًا عَلَيْهِمْ مِنْ أَنْفُسِهِمْ ۖ وَجِئْنَا بِكَ شَهِيدًا عَلَىٰ هَٰؤُلَاءِ ۚ وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَىٰ لِلْمُسْلِمِينَ 89
Tarjima:
Har bir ummatga o`zidan guvoh olib kelgan kunimizda seni anavilarga (ummatingga) guvoh qilib keltiramiz. Senga Kitobni har bir narsani bayon qiluvchi etib, musulmonlarga hidoyat, rahmat va xushxabar qilib nozil etdik. An-Nahl 16:89
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang! Qiyomat kuni har bir ummatga qilib oʻtgan kufr yoki iymonlariga guvohlik beradigan bir guvoh keltiramiz. U oʻzlaridan boʻlgan, oʻzlarining tilida gapiradigan bir paygʻambar boʻladi. Ey Paygʻambar, sizni esa hamma ummatlarga guvoh qilamiz. Sizga Quronni halol-harom, savob-gunoh kabi barcha zarur narsalarning, ishlarning bayoni etib, odamlarni haq sari boshlaydigan hidoyat etib, iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlar uchun rahmat etib, moʻminlarga oxiratdagi nematlar haqidagi xushxabar etib nozil qildik.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nahl • Oyat 88 Keyingi An-Nahl • Oyat 90