Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Nahl — Oyat 90 (Oʻzbekcha) — Video

Nahl • Oyat 128 dan 90 • Oʻzbekcha


إِنَّ اللَّهَ يَأْمُرُ بِالْعَدْلِ وَالْإِحْسَانِ وَإِيتَاءِ ذِي الْقُرْبَىٰ وَيَنْهَىٰ عَنِ الْفَحْشَاءِ وَالْمُنْكَرِ وَالْبَغْيِ ۚ يَعِظُكُمْ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ 90
Tarjima:
Albatta, Alloh adolatga, ehsonga, qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadir va fahshu munkar (ishlardan) hamda zulmkorlikdan qaytarur. U sizlarga va'z qilur. Shoyadki, eslasangiz. Nahl 16:90
Tafsir:
Alloh bandalarini adolatga buyuradi. Banda oʻzining ustidagi Allohning haqlarini ham, bandalarning haqlarini ham ado etsin. Hukm chiqarishda birovni birovdan nohaq afzal koʻrmasin. Alloh bandalarini ezgulikka buyuradi. Banda oʻzining vazifasi boʻlmagan infoq-ehsonni ham oliyjanoblik ila ado etsin, zolimni kechirsin. Alloh bandalarini qarindoshlarga yaxshilik qilishga buyuradi. Banda qarindoshlarining hojatini chiqarsin. Hamma manfur ishlardan, u xunuk gap boʻladimi yoki zino kabi yomon ish boʻladimi, hammasidan qaytaradi. Shariat taqiqlagan ishlar - gunohlardan ham qaytaradi. Odamlarga mutakabbirlik ila zulmu zoʻravonlik qilishdan ham qaytaradi. Alloh sizlarga shu farmonlari va taqiqlari bilan nasihat qilyapti. Shoyadki, ibrat olsangizlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Nahl • Oyat 89 Keyingi Nahl • Oyat 91